BuxAI v2 — sinovchi buxgalter uchun qo'llanma
Bu tizim raqamlarni faqat hujjatlardan va qoidalardan hisoblaydi. AI raqam yozmaydi, u faqat qoida topolmagan bank qatorlariga schyot taklif qiladi va siz tasdiqlaysiz. Har hisobot satrini bossangiz, uni tashkil qilgan provodkalar, qaysi fayl va qatordan, qaysi qoida bilan yozilgani ko'rinadi.
1. Kirish va firma
- Kirish majburiy: login va parol. Birinchi marta "Ro'yxatdan o'tish" orqali hisob yarating (login kamida 3, parol kamida 4 belgi). Parolni keyin "Parolni o'zgartirish" bilan almashtirasiz.
- Kirgach avval kiritilgan firmangizni tanlaysiz yoki yangi firma qo'shasiz: STIR, nom, rejim (aylanma / umumiy), aylanma soliq toifasi, bank hisob raqamlari. Firma faqat uni yaratgan hisobda ko'rinadi; boshqa foydalanuvchi bu STIR ni qayta yarata olmaydi.
1a. Fayllarni ko'rish va yuklab olish
- Hujjatlar ro'yxatida fayl nomini bossangiz platformaning o'zida ochiladi: tizim ishlatgan qayta ishlangan jadval, faylning asl jadvali (Excel bo'lsa) yoki PDF ko'rinishi va matni.
- "Yuklab olish" asl faylni beradi (yuklangan holicha saqlanadi).
- "Tayyor hujjatlar" bo'limi: tizim yaratgan hisobot to'plamlari (Excel, 10 varaq). Har birini platformada varaq-varaq ko'rish, yuklab olish yoki o'chirish mumkin. "Hisobotlar" → "Excel" bosilganda ham shu yerga saqlanadi.
2. Hujjatlar
| Fayl | Qayerdan | Nima uchun |
| Bank vipiskasi (xls/xlsx) | Bank kabineti → "Выписка" (Excel). Sinalgan: Infin/IABS ("Назначение платежа"), Milliy bank ("Детали", "ИНН"); boshqa banklar ustun nomlari bo'yicha o'qiladi | Pul harakati. Kunlik "Итого" qatorlari tashlanadi, yakun va saldo bank raqami bilan solishtiriladi. 1C "Карточка счета 5110" bank vipiskasi EMAS — rad etiladi. Har bank hisobi uchun alohida fayl yuklang. |
| DIDOX reestr (Excel) | didox.uz → Hisobotlar → Excel (Исходящие va Входящие) | Sotuv va xarid fakturalari. PDF'lardan afzal: bitta fayl, xato kam |
| DIDOX PDF fakturalar | didox.uz | Reestr bo'lmasa. Shartnoma va imzo protokoli PDF'lari summa bermaydi, faqat ma'lumot |
| 1C OSV | 1C → Оборотно-сальдовая ведомость (standart yoki "Универсальная ОСВ") | Oldingi yil OSV → ochilish = uning oxiri. Hujjatlar bilan bir yildagi OSV → ochilish = uning BOSHI, oxiri esa "Tekshiruvlar"da tizim natijasi bilan schyot-schyot solishtiriladi (1C bilan farq qayerda — ko'rinadi). 0 ta schyot o'qilsa rad etiladi. |
| 1C AV hisoboti | 1C → Отчет по основным средствам | Amortizatsiya va 3-shakl. Bo'lmasa "Asosiy vositalar" bo'limida qo'lda |
| 1C 67.10 kartochkalar | 1C → Карточка счета 67.10 (xodim bo'yicha) | Oylik. Bo'lmasa "Xodimlar va oylik" bo'limida qo'lda |
Bir fayl ikki marta yuklansa rad etiladi (xesh bo'yicha). Faylni o'chirsangiz provodkalar avtomat qayta quriladi.
Davr va ochilish sanasi. Tizim hujjatlar qaysi davrga tegishli ekanini aniqlaydi. Ochilish "nol" bo'lsa ochilish sanasi hujjatlarga avtomat moslanadi (2025 yil hujjatlari → 2024-12-31). Qo'lda ochilish kiritgan bo'lsangiz va sana hujjatlardan keyin bo'lsa, qizil ogohlantirish chiqadi va bir tugma bilan tuzatiladi. Hisobot davri ham hujjatlar yiliga avtomat o'rnatiladi. Eslatma: 2025 yil hujjatlarini yuklab 2026 yil hisobotiga qarasangiz sotuv 0 chiqadi — bu xato emas, davr noto'g'ri tanlangan.
Rejim. Sotuv fakturalarida QQS bo'lsa yoki aylanma 1 mlrd dan oshsa tizim "firma QQS to'lovchi ko'rinadi" deb ogohlantiradi va rejimni bir tugma bilan "umumiy (QQS + foyda)" qilish imkonini beradi. Aylanma rejimda qolsa aylanma soliq hisoblanadi, QQS/foyda hisoblanmaydi.
3. Ochilish saldosi
- To'liq: oldingi yil OSV yuklangan. Haqiqiy balans shu rejimda.
- Qisman: faqat ma'lum qoldiqlar (bank saldosi, ustav...). Farq balansda "Ochilish saldosi farqi" satrida ochiq ko'rsatiladi.
- Nol: yangi firma.
4. Xodimlar, oylik, asosiy vositalar, soliq kiritmalari
- Oylik vedomosti oy bo'yicha saqlanadi; qayta saqlansa ustiga yoziladi, ikkilanmaydi. JShDS 12% (11,9% byudjet + 0,1% INPS), ijtimoiy soliq firma stavkasi bo'yicha.
- AV reestri: guruh (NSBU 0120…0190), qiymat, kirim oyi; amortizatsiya norma bo'yicha oyma-oy (qoidalar/amortizatsiya.json, SK 306).
- Mol-mulk, yer, suv soliqlari uchun baza deklaratsiyadan kiritiladi. Kiritilmasa "kiritma kerak" holati qoladi, raqam to'qilmaydi.
3a. Himoya qoidalari (tizim xato holatga yo'l qo'ymaydi)
- Ochilish saldosida 9xxx (daromad/xarajat) schyotlar, manfiy qoldiq, 3 xonali schyot, bir schyotda ham Dt ham Kt — rad etiladi, sabab yoziladi.
- Yil yopish faqat yil tugagach va o'sha yilda provodkalar bo'lsa; tasdiq so'raladi.
- Oylik vedomost kelajak oy uchun kiritilmaydi.
- AI taklif tanlangan davrda noaniq bo'lmasa, noaniqlar qaysi davrda ekanini aytadi.
- Bank vipiskasida to'lov maqsadi ustuni bo'lmasa fayl qabul qilinmaydi (aks holda hamma provodka noaniq bo'lardi).
3b. Hodisalar jurnali
"Hodisalar" bo'limida har yuklash (muvaffaqiyatli va rad etilgan, sababi bilan), o'chirish, ochilish, sozlama, oylik, AI taklif, yil yopish va kirishlar vaqti, foydalanuvchi va IP bilan yozib boriladi. Rad etilgan fayllar tashxis uchun saqlanadi: administrator ularni hodisalar ro'yxatidan yuklab olib tekshiradi. Administrator paneli: foydalanuvchilar ro'yxati, parol tiklash (parolni unutgan buxgalter yangi hisob ochmasin), barcha hodisalar.
4a. Sozlamalar va stavkalar (qoidalar bazasi)
- Rejim: aylanma soliq yoki umumiy (QQS 12% + foyda solig'i 15%). Umumiy rejimda DIDOX fakturalari QQS ajratib yoziladi (sotuv: Kt 6410; xarid: Dt 4410), foyda solig'i chorak yakunida yil boshidan kumulyativ hisoblanadi (SK 339), 317-modda chegirilmaydigan xarajatlar kalit so'z bo'yicha belgilanadi.
- Stavkalar
qoidalar/soliq.json dan toifa bo'yicha olinadi: har stavkada amal sanasi, SK moddasi, manba havolasi (lex.uz, O'RQ-1108, rasmiy sharhlar) va tasdiq belgisi. Yangi stavka qo'shilsa u "tasdiqlanmagan" bo'lib turadi, buxgalter rasmiy hujjat bilan tekshirib tasdiqlaydi (hozir barchasi tasdiqlangan). - Aniq % yozilsa u ustun, lekin qoidadan farq qilsa hisobotda "tasdiqlanmagan" deb ko'rinadi — bu yashirilmaydi.
- Imtiyozlar katalogi
qoidalar/imtiyozlar.json: SK 317 (36 band), 243 (QQS ozod), 378 (JShDS ozod), 414, 428, 461, 464.
4b. Soliq organi ma'lumoti bilan solishtirish
- soliq.uz kabinetidagi yoki topshirilgan deklaratsiyadagi raqamlarni kiriting: soliq turi, davr (2025 / 2025-03 / 2025-Q2), maydon (baza / soliq / to'langan), qiymat.
- "Solishtirish" tizim hisobini shu bilan taqqoslab, farq va ehtimoliy sababni yozadi ("Soliq organida ko'p — sizda kamchilik: hujjat yetishmayapti" yoki "soliq organida kam — tizimda ortiqcha").
- Ma'lumot kiritilmagan bo'lsa bu xato emas: yangi firma yoki hali yuklanmagan. Integratsiyadan keyin avtomatik to'ladi.
- Yangi firma (hujjatsiz, oldingi davrsiz) ham shu oqimda ishlaydi: ochilish "nol", barcha qoldiqlar 0, hisobotlar bo'sh lekin to'g'ri; OSV yuklansa ochilish avtomat "to'liq"ga o'tadi.
5. Hisobotlar
- Davr ixtiyoriy: oy, chorak, yil yoki istalgan sanalar. Ochilish avtomat oldingi kunlardan yig'iladi.
- 1-shakl (kodli, boshi/oxiri), 2-shakl, 3-shakl AV, 4-shakl pul oqimi, 5-shakl kapital, OSV, deklaratsiyalar (aylanma oyma-oy, JShDS/ijtimoiy xodimlar ilovasi bilan, mol-mulk/yer/suv), soliq nazorati (hisoblangan vs to'langan), tekshiruvlar, noaniqlar, rekonsiliatsiya, asoslash statistikasi.
- "Yil yopilgan" belgisi 9xxx schyotlarni 8710 ga yopadi; keyingi yil ochilishi avtomat.
- Excel: hamma varaqlar bitta faylda, oxirgi varaqda barcha provodkalar iz bilan.
6. Nimani tekshirish kerak (sinov mezonlari)
- Tekshiruvlar bo'limida hammasi OK bo'lishi kerak: bank kirim/chiqim va qoldiq bank vipiskasi bilan tiyin-tiyin; oylik 1C bilan; AV boshi OSV bilan; Aktiv = Passiv.
- Noaniqlar 0 bo'lishi kerak. Bo'lsa: Dt/Kt yozib "Tasdiqlash". Bu qaror saqlanadi va qayta qurishda ham ustun turadi.
- Soliq nazoratida "stavka tasdiqlanmagan" belgisi bor stavkalarni rasmiy hujjat bilan tasdiqlang (2026-09-20 holatiga barcha stavkalar buxgalter tomonidan tasdiqlangan: lex.uz va rasmiy saytlar qonun sifatida qabul qilinadi; ijara 8% ham tasdiqlangan). "Sozlamalar va stavkalar" bo'limida har stavkaning manbasi ko'rinadi.
- Soliq bilan solishtirish: soliq.uz raqamlarini kiritib farqlar mantiqan to'g'ri tushuntirilganini tekshiring.
- Rekonsiliatsiya: kontragent bo'yicha faktura va to'lov farqi mantiqan to'g'rimi.
- Shartnoma bo'yicha kutilgan, DIDOX'da yo'q fakturalar ro'yxati: haqiqatan yetishmayaptimi.
- Istalgan satrni bosib, provodka manbasi (fayl, qator, qoida) to'g'ri ekanini tekshiring.
← v2 sahifaga